O‘zbekcha so‘zlashamiz

A1 daraja

Lesson 1

Salom do‘stlar!

Salomlashish va tanishish

1. O‘zbek alifbosi

O‘zbek alifbosida 29 ta harf va 1 ta tutuq belgisi bor.

A a B b D d E e F f G g H h I i J j K k L l M m N n O o P p Q q R r S s T t U u V v X x Y y Z z Ch ch G‘ g‘ O‘ o‘ Sh sh Ng ng ’

B. Tinglang va takrorlang.

2. Tinglang va tushib qolgan harflarni toping

Audioni tinglang va tushib qolgan harflarni yozing.

1. A I J O P L G‘ X Y K

2. V D H T K L D Y O F P R Sh Ng G K J I

3. Ch A Q S D U N M Z O V Sh J

4. Ng V A G K L O P Sh X

3. Tinglang va to‘g‘ri harfni belgilang

Audioni tinglang va eshitgan harfingizni belgilang.

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

4. Tanishmoq

Akmal: Salom. Men Akmal To‘rayevman.

Bahrom: Salom.

Akmal: Ismingiz nima?

Bahrom: Ismim Bahrom.

Akmal: Familiyangiz nima?

Bahrom: Amirov.

O‘qing va savollarga javob bering.

1. Kim o‘zini tanishtirdi?

2. Akmal kim bilan tanishdi?

3. Bahromning familiyasi nima?

Lug‘at

So‘z Misol
Ism Akmal
Familiya To‘rayev
Ism Bahrom
Familiya Amirov

🗣️ O‘zingizni tanishtiring

O‘zingizni tanishtiring. Quyidagi namunadan foydalaning.

— Salom. Men ______man.

— Ismingiz nima?

Yozishni boshlash uchun tugmani bosing.

5. Kishilik olmoshlari

🧩 Rasmlarni mos olmoshlar bilan juftlang. Avval rasmni, keyin mos javobni bosing.

🖼️ Rasmlar
🙋 Men haqimda
👉 Bir kishiga murojaat
👤 Boshqa bir kishi
👫 Biz birga
👥 Bir nechta kishiga murojaat
👨‍👩‍👧‍👦 Boshqa kishilar
Kishilik olmoshlari
Ular
Men
Biz
U
Sizlar
Sen / Siz

6. Salomlashmoq

Malika: Xayrli tong, Tolib.

Tolib: Xayrli tong, Malika. Ahvollaringiz qanday?

Malika: Rahmat, yaxshi. Siz-chi?

Tolib: Rahmat, men ham yaxshiman.

Malika: Darsga ketyapsizmi?

Tolib: Yo‘q, kutubxonaga ketyapman. Siz-chi?

Malika: Men darsga ketyapman. Xayr, ko‘rishguncha!

Tolib: Xayr!

Audioni tinglang va savollarga javob bering.

1. Malika Tolib bilan qachon salomlashdi?

2. Tolib Malikadan nima so‘radi?

3. Malika qanday javob berdi?

4. Malika Tolibga nima dedi?

7. Yaxshi qol!

🧩 Vaziyatni o‘qing va unga mos iborani tanlang.

🖼️ Vaziyatlar
🌅 Ertalab uchrashdingiz.
☀️ Kunduzi uchrashdingiz.
🌙 Kechqurun uchrashdingiz.
👋 Suhbat tugadi.
🤝 Birinchi marta salomlashyapsiz.
😊 Sizga salom berishdi.
💬 Iboralar
Xayrli kech!
Vaalaykum assalom!
Xayrli kun!
Xayr!
Xayrli tong!
Assalomu alaykum!

Namuna:

— Xayrli kun, Murod!

— Xayrli kun!